So'nggi yangiliklar
Toshkentda Nikolay Shinning Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bagâishlangan koârgazmasi ochildi
đš Toshkentda Nikolay Shinning Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bagâishlangan koârgazmasi ochildiKoârgazmada rassomning mashhur âRekviyem. Xotira yoâliâ va âMuhabbat haqida afsonaâ turkum asarlari hamda Alisher Navoiy siymosiga bagâishlangan grafik va rangtasvir ishlaridan 40 ga yaqin asar namoyish etilmoqda.â° Ishlash vaqti: 9:30 - 17:30 (Dushanba kuni dam)đ Manzil: NBU Tasviriy sanâat galereyasi
đč The Washington Post Oâzbekistonni turistlar uchun qulay manzil sifatida tavsiya etmoqda
Nashrning taâkidlashicha, mamlakat oâzining boy tarixi, betakror madaniyati va xotirjam muhiti bilan mehmonlarni oâziga jalb etmoqda, bu esa sayohatchilarning yangi taassurotlar olishiga imkon yaratadi.The Washington Post nashri qayd etilishicha, Oâzbekiston xilma-xil sayohat yoânalishlari, qadimiy shaharlar va yodgorliklar, shuningdek, goâzal tabiat manzaralarini taklif etib, oâziga xos sayohat tajribasini yaratmoqda. Mamlakat tez surâatda rivojlanayotgan sayyohlik infratuzilmasi va soddalashtirilgan viza tartibi bilan Buyuk Ipak yoâlidagi asosiy manzillardan biri sifatida ajralib turmoqda.Nufuzli ommaviy axborot vositasidagi ushbu nashr Oâzbekistonning jahon sayyohlik xaritasidagi mavqei tobora mustahkamlanib borayotganini taâkidlab, mamlakatning butun dunyodan kelgan sayyohlar uchun zamonaviy, mehmondoâst va qiziqarli manzilga aylanib borayotganini koârsatmoqda.
đč Pokiston Islom Respublikasining poytaxti Islomobod shahrida âDelicious Uzbekistanâ gastro-turizm burchagi oâz faoliyatini boshladi
Ushbu maydonda O'zbekistonning boy va xilma-xil milliy oshpazlik an'analari, mintaqaviy taomlar va zamonaviy gastronomik mahsulotlar namoyish etildi, shuningdek, taniqli o'zbek oshpazlarining "O'zbekistonning gastronomik turizm salohiyati" mavzusidagi taqdimoti bo'lib o'tdi. Tadbirda xorijiy davlatlardan diplomatik vakillar, potentsial investorlar va tadbirkorlar, xalqaro va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari va keng jamoatchilik ishtirok etdi. Mehmonlar milliy va mahalliy masalliqlardan tayyorlangan, noyob va betakror ta'mga ega o'zbek taomlaridan bahramand bo'lishdi. Ma'lumot uchun: "O'zbekiston havo yo'llari" O'zbekiston Respublikasi va Pokiston Islom Respublikasi shaharlari o'rtasida muntazam ravishda Toshkent-Lahor-Toshkent va Toshkent-Islomobod-Toshkent yo'nalishlarida to'g'ridan-to'g'ri reyslarni amalga oshiradi. Bu ikki mamlakat o'rtasida turizm almashinuvini yanada rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratadi. Ko'rgazmada xalqaro bozorlarda yuqori talabga ega bo'lgan mahalliy mahsulotlar taqdimoti ham bo'lib o'tdi. Ushbu mahsulotlar O'zbekistonning eksport salohiyati va milliy brendini targ'ib qilishda muhim rol o'ynashi ta'kidlandi. Ma'lumot uchun: 2025-yil aprel oyida O'zbekiston Respublikasi Turizm qo'mitasi Pokiston Islom Respublikasi hukumati, O'zbekistonning Islomoboddagi elchixonasi, sayyohlik agentliklari, mehmonxona boshqaruvi va turizm biznes hamjamiyati vakillari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida Lahor, Karachi va Islomobodda O'zbekistonning turizm salohiyatini targ'ib qilish maqsadida Roadshow tadbirlarini o'tkazdi. Ushbu tadbir ikki xalqning noyob milliy qadriyatlari va madaniy xilma-xilligining yorqin namunasiga aylandi. Bu mamlakatlar o'rtasidagi o'zaro tushunish va hamkorlikni mustahkamlashga, shuningdek, umumiy tarixiy ildizlarga asoslangan tinchlik, barqarorlik va farovonlik g'oyalarini ilgari surishga hissa qo'shdi. Tadbirlar davomida Turizm qo'mitasi vakillari ishtirokchilar va xorijiy investorlarga so'nggi yillarda O'zbekiston turizm sohasida amalga oshirilgan keng ko'lamli islohotlar, yaratilgan qulay sharoitlar, investitsiya imkoniyatlari va istiqbolli loyihalar haqida ma'lumot berdilar. Ushbu taqdimotlar xorijiy mehmonlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.
Oʻzbekiston xorijiy sayyohlarni jalb qilish, ular uchun zarur sharoitlar yaratish, turizm xizmatlarini yanada kengaytirish va mamlakatning sayyohlik salohiyatini xorijda targʻib qilish boʻyicha tizimli ishlar olib bormoqda.
Turizm qo'mitasi tomonidan tashkil etilgan O'zbekiston milliy stendi ko'rgazmada eng ko'zga ko'ringan va jozibali stendlardan biri bo'ldi. Tashrif buyuruvchilarga mamlakatning boy tarixiy va madaniy merosi, Buyuk Ipak yo'lining noyob yodgorliklari, an'anaviy xalq hunarmandchiligi, gastronomik va tadbir turizmi, shuningdek, turli toifadagi sayohatchilarga mo'ljallangan zamonaviy sayyohlik yo'nalishlari taqdim etildi. Ko'rgazmada AQShning yetakchi sayyohlik agentliklari, aviakompaniyalar, investitsiya tuzilmalari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi, bu esa O'zbekistonga o'zining sayyohlik salohiyatini keng Amerika auditoriyasiga samarali namoyish etish imkonini berdi. Ko'rgazmada O'zbekiston shuningdek, "Istiqbolli sayohat yo'nalishi 2026" nominatsiyasida g'olib deb topildi va bu sertifikat bilan tasdiqlandi. 2025-yilda O'zbekistonga 37 000 dan ortiq amerikalik sayyoh tashrif buyurdi. AQSh fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etilishi va mamlakatning sayyohlik salohiyatini targ'ib qiluvchi faol reklama kampaniyasi hisobga olinsa, Amerika sayohatlarining yanada o'sishi kutilmoqda.